O‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar amaldagi shaklida qoladi, darslik va ko‘rsatkichlar esa bosqichma-bosqich almashtiriladi

O‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi. Bu haqda prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Alifboni takomillashtirish masalasi yillar davomida bahslarga sabab bo‘lib kelgan. 2023-yil 11-dekabr kuni jadidlar merosiga bag‘ishlangan konferensiyadagi nutqida u alifboni tuzatish tashabbusini ilgari surgan va bu boradagi bahslarga nuqta qo‘yish vaqti kelganini aytgan.

Mirziyoyevaning qayd etishicha, yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etish va o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash uchun o‘zgarishlar zarur.

Hujjatlarni qayta chiqarish talab etilmaydi

Saida Mirziyoyeva o‘zgarishlar bilan bog‘liq xarajatlarni imkon qadar kamaytirishga e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, amaldagi barcha hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa yaroqlilik muddati tugagach, bosqichma-bosqich almashtiriladi.

Mirziyoyeva qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinishida ramziy ma’no borligini ham qayd etdi. Uning fikricha, takomillashtirilgan alifbo yoshlarning savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining mavqeini mustahkamlash va ma’rifatparvar ajdodlar merosiga munosib bo‘lishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qashqadaryoda $54 mlnlik to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirildi
/
Qashqadaryoda $54 mlnlik to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirildi
Marko Rubio amerikalik investorlarga O‘zbekistondan uy-joy sotib olishni tavsiya qildi
/
Marko Rubio amerikalik investorlarga O‘zbekistondan uy-joy sotib olishni tavsiya qildi
O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l qurilishi uchun $442 mln o‘zlashtiriladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l qurilishi uchun $442 mln o‘zlashtiriladi