2027-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha yagona axborot platformasi ishga tushiriladi

Yangi tizim orqali importda nazorat vaqti 9 kundan 2 kunga, eksportda esa 3 kundan 1 kungacha qisqartirilishi belgilandi

2027-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha yagona axborot platformasi ishga tushiriladi

Kapital.uz avvalroq Prezident oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazgani haqida xabar bergandi.

Ma’lum qilinishicha, 2027-yildan boshlab laboratoriya tekshiruvi, hayvonlarni emlash, dezinfeksiya va identifikatsiya qilish kabi 6 ta davlat funksiyasi xususiy sektorga beriladi. Viloyat hokimlariga yil yakunigacha ushbu xizmatlar boʻyicha kamida 2 tadan xususiy laboratoriya va veterinariya klinikasini tashkil etish topshirildi.

Har bir mahsulot boʻyicha onlayn kuzatish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Fermer va dehqonlar uchun “Agro koʻmakchi” mobil ilovasida elektron “Dala daftari” tizimi joriy etiladi. Mazkur tizim orqali sunʼiy intellekt zararkunandalar tarqalishini oldindan bashorat qilib, dehqonlarga zarur tavsiyalar beradi.

Faol va halol ishlayotgan fermerlar reytingi yuritiladi va ularga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi. 2027-yil 1-martgacha oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha yagona avtomatlashgan axborot platformasi ishga tushiriladi. U chegaradagi “Yagona darcha” tizimi bilan integratsiya qilinib, eksportchilar ortiqcha byurokratik jarayonlardan ozod etiladi.

Yangi tizim orqali importda nazorat vaqti 9 kundan 2 kunga, eksportda esa 3 kundan 1 kungacha qisqartirilishi belgilandi. Buning hisobiga tadbirkorlarning mahsulotni omborda saqlash xarajatlari 70 mlrd soʻmga tejaladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda nasldor chorvani import qiluvchilar 2029-yilgacha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi
/
O‘zbekistonda nasldor chorvani import qiluvchilar 2029-yilgacha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi
Aprel oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanildi — Markaziy bank
/
Aprel oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llanildi — Markaziy bank
BAAning AMEA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi energetika loyihalariga $1,3 mlrd investitsiya kiritadi
/
BAAning AMEA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi energetika loyihalariga $1,3 mlrd investitsiya kiritadi