O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirish tartibi va narxlari
2022 yilda qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilib, bu tartib ancha yengillashtirilgan
2018 yilda O‘zbekistonda avtotransport vositalarining oynalarini qoraytirish (tonirovka)ga pullik asosda ruxsat berish haqida qaror qabul qilingan va qaror ushbu yilning 1 avgustidan amal qilishni boshlagan. Keyinchalik, 2022 yilda qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilgan.
O‘zbekistonda avtomobillarning oynalarini qoraytirish qoidalari va xarajatlari qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi. Orqa oyna va orqa yon oynalarni maxsus ruxsatnomasiz istalgan darajada qoraytirish mumkin. Biroq old yon oynalar uchun maxsus ruxsatnoma olish talab etiladi.
YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali ariza topshirganda 10% chegirma beriladi.
“Tonirovka” uchun ruxsatnoma narxi:
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 13500000 so’m (36 BHM);
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 2700000 so’m (7.2 BHM).
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun:
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 4725000 so’m (12.6 BHM).
Ruxsatnoma olish tartibi:
- YaIDXP’da ro‘yxatdan o‘tish: Portal my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘ting.
- Ariza topshirish: “Transport” > “Yengil avtomobillar oynalarini qoraytirish” bo‘limiga o‘tib, avtomobil haqida kerakli ma’lumotlarni to‘ldiring.
- To‘lov amalga oshirish: Onlayn ravishda bank kartasi yoki to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshiring.
- Ruxsatnomani olish: To‘lovdan so‘ng ikki soat ichida QR-kodli elektron ruxsatnomani olasiz. Ushbu ruxsatnomani smartfonga saqlashingiz yoki chop ettirib olishingiz mumkin.
Shuningdek, ruxsat olish uchun to‘lov ariza beruvchi tomonidan 10 kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Oynalarni qoraytirish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar:
Respublikada “tonirovka” uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi. “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks”ining 126-moddasiga ko‘ra, texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek, haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish BHM’ning 25 (9 375 000 so‘m) baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHM’ning 40 baravari miqdorida (15 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, avtomobil ushbu kamchilik bartaraf etilgunga qadar jarima maydonchasiga olib ketilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot:
- Atermal plyonka: Oynalarga atermal plyonka o‘rnatish maxsus ruxsatnomasiz mumkin, agar umumiy yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi 70% dan kam bo‘lmasa. Biroq zavod tomonidan o‘rnatilgan “tonirovka”ni ham hisobga olish zarur.
- Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin yangidan ruxsatnoma olish va tegishli to‘lovni amalga oshirish lozim.
Qoidalarga amal qilish va o‘z vaqtida ruxsatnoma olish “tonirovka” qoidasiga oid jarima va boshqa muammolardan qochishga yordam beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ