O‘zbekiston va AQSh JSTga a’zolik jarayonini muhokama qildi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda o‘zaro savdo bitimini imzolash istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va AQSh JSTga a’zolik jarayonini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning savdo vakili Jeymison Grirni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida AQSh vakili Prezidentga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi, investitsiyalarni jalb etish hamda V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznesi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayoniga alohida e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, AQSh ushbu yo‘nalishda mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Shuningdek, muzokaralarda Amerika—O‘zbekiston biznes va investitsiyalar kengashi faoliyatining ahamiyati ta’kidlanib, ushbu platforma yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim mexanizm ekani qayd etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham AQSh savdo vakilining Toshkentga tashrifi yuzasidan fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan bir yil davomida amalga oshirilgan samarali hamkorlik natijasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolanishi kutilayotgani qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Jeymison Grirga O‘zbekistonga va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
/
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun loyihasidan binolarni noqonuniy qurganlik uchun jarimalar chiqarib tashlandi
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
/
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xavf haqida ogohlantirish majburiy bo‘ldi
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
/
Ko‘p kvartirali uylar qurilishida eskrou hisobvaraqlari joriy etilishi bo‘yicha qonun Senatga yuborildi