O‘zbekiston BRICSning hamkor davlatiga aylanadi

2025-yilda yana sakkizta davlat bu maqomni oladi

O‘zbekiston BRICSning hamkor davlatiga aylanadi

Rossiya O‘zbekiston, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand va Ugandadan BRICS hamkor davlatlari maqomini olishga tayyorligi haqida tasdiq oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov TASSga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozonda o‘tgan BRICS sammitining asosiy kelishuvlaridan biri hamkor davlatlar uchun yangi kategoriya ta’sis etish bo‘lgan. Hozirga qadar ushbu maqomni olish bo‘yicha 13 mamlakatga taklif yuborilgan, shulardan to‘qqiztasi ishtirokni tasdiqlagan. 2025-yildan boshlab ushbu davlatlar yangi maqomga ega bo‘lishi kutilmoqda.

“Yana to‘rt davlatdan javob kutmoqdamiz, ularga ham takliflar yuborilgan”, — dedi Ushakov.

Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, BRICS hamkor davlatlari sammitlar doirasida bo‘lib o‘tadigan alohida yig‘ilishlarga, tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlariga, shuningdek, parlament forumi va xavfsizlik bo‘yicha yuqori vakillar yig‘ilishlariga taklif qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi sotila boshlandi
/
O‘zbekistonda Chevrolet Suburban yo‘ltanlamasi sotila boshlandi
Yosh tadbirkorlarga internet tarmoqlarini qurish uchun 530 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi
/
Yosh tadbirkorlarga internet tarmoqlarini qurish uchun 530 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi
“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumiga start berildi
/
“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumiga start berildi