O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Shuningdek, tomonlar idoralararo hujjatlar va ikki tomonlama hamkorlikka oid hujjatlar to‘plamini tasdiqladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov 30-iyuldagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi.

Jumladan:

  • Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasining uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma;
  • “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida bitim;
  • Davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisida bitim;
  • Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim;
  • Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bayonnoma;
  • Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
  • Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xoʻjaligi obyektlari toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;
  • 2026—2027-yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
  • 2026—2027-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi qoʻshma harakatlar rejasi;
  • Qirgʻiz Respublikasi Issiqkoʻl viloyati Ton tumanida joylashgan “Boʻston” pansionati toʻgʻrisida shartnoma;

Shuningdek, ikki davlatning tarmoq vazirliklari madaniyat, turizm va agrosanoat sohalarini qamrab oluvchi 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejalarini qabul qildi.

Bundan tashqari, har ikki mamlakat mudofaa vazirliklari hamkorlikka oid tashabbuslarni kelishib oldi.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston Milliy investitsiya agentligi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish dasturini ma’qulladi.

Avvalroq Kapital.uz O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro savdo hajmini $2 mlrdga yetkazish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Isitish tariflarini ijtimoiy me’yordan oshgan maydon uchun 5 baravar qimmatlashtirish taklif qilindi
/
Isitish tariflarini ijtimoiy me’yordan oshgan maydon uchun 5 baravar qimmatlashtirish taklif qilindi
Markaziy bank omonatlar bo‘yicha 5% lik soliq joriy etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
/
Markaziy bank omonatlar bo‘yicha 5% lik soliq joriy etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro savdo hajmi $2 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro savdo hajmi $2 mlrdga yetkaziladi