O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $300 mlndan ko‘proqqa kamaydi

Zaxiralarning qisqarishiga asosan oltin qiymatining pasayishi sabab bo‘lgan

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $300 mlndan ko‘proqqa kamaydi

2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi $70,58 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yil iyun oyi boshiga kelib mamlakatning xalqaro zaxiralari bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan $307,25 mln ga kamaydi. Taqqoslash uchun, 2026-yil 1-yanvar holatida zaxiralar hajmi $66,31 mlrdni tashkil etgan edi. Mart oyida esa xalqaro zaxiralar tarixiy rekord darajaga chiqib, $77 mlrddan oshgandi.

Zaxiralarning qisqarishiga asosan oltin qiymatining pasayishi sabab bo‘ldi. Markaziy bank zaxirasidagi oltinning qiymati bir oy davomida $156,02 mln ga kamayib, $61,43 mlrdni tashkil etdi. Shunga qaramay, oltinning jismoniy hajmi oshgan bo‘lib, uning miqdori 13,3 mln troya unsiyasidan 13,6 mln troya unsiyasiga yetdi.

Oltin qiymatining pasayishi bilan bir qatorda, zaxiralarning valyuta qismi ham qisqardi. Xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi $8,72 mlrddan $8,57 mlrdgacha kamaydi. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi xorijiy banklardagi depozit hisobvaraqlarida ($5,72 mlrd) hamda xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlariga ($2,85 mlrd) joylashtirilgan.

Markaziy bank portfelidagi maxsus qarz olish huquqlari (SDR) hajmi $574,63 mlnni tashkil etdi. Boshqa valyuta aktivlari esa hisobot sanasiga ko‘ra $118,2 mln miqdorida baholangan.

Kapital.uz avvalroq O’zbekiston aprel oyida dunyo markaziy banklari jami 17 tonna oltin xarid qilgani haqida xabar bergandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Marko Rubio amerikalik investorlarga O‘zbekistondan uy-joy sotib olishni tavsiya qildi
/
Marko Rubio amerikalik investorlarga O‘zbekistondan uy-joy sotib olishni tavsiya qildi
O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l qurilishi uchun $442 mln o‘zlashtiriladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda yo‘l qurilishi uchun $442 mln o‘zlashtiriladi
Markaziy bank moliyaviy xizmatlarni sinovdan o‘tkazishning uchta yo‘nalishini joriy etadi
/
Markaziy bank moliyaviy xizmatlarni sinovdan o‘tkazishning uchta yo‘nalishini joriy etadi