O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $70 mlrddan oshdi

Aprel oyida xalqaro rezervlar qimmatbaho metall narxining oshishi va valyuta tushumlari hisobiga $1,9 mlrdga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $70 mlrddan oshdi

2026-yil 1-may holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxira aktivlari hajmi $70,89 mlrdga yetdi. Bu haqdagi ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan e’lon qilindi.

May oyi boshiga kelib mamlakatning umumiy moliyaviy zaxiralari avvalgi oyga nisbatan $1,9 mlrdga oshgan. Taqqoslash uchun, joriy yil 1-yanvar holatida bu ko‘rsatkich $66,31 mlrdni tashkil etgan edi. Shu bilan birga, 2026-yil mart oyida rezervlar hajmi rekord darajaga chiqib, $77 mlrddan oshgandi.

Ijobiy o‘sishning asosiy omili oltin narxining qimmatlashishi bo‘ldi. Markaziy bank omborlaridagi qimmatbaho metall qiymati $743,6 mlnga oshib, $61,59 mlrdga yetdi. Bunda oltinning jismoniy hajmi biroz kamayib, 13,4 mln troy unsiyadan 13,3 mln troy unsiyaga tushgan.

Oltin zaxiralari qiymati oshgani fonida rezervlarning valyuta qismi ham o‘sdi. Xorijiy valyutadagi mablag‘lar hajmi aprel oyidagi $7,57 mlrddan $8,72 mlrdga ko‘tarildi. Ushbu mablag‘larning asosiy qismi xorijiy moliya institutlaridagi depozit hisobvaraqlarida ($5,93 mlrd) hamda chet el emitentlari qimmatli qog‘ozlarida ($1,55 mlrd) saqlanmoqda.

Regulyator portfelidagi maxsus qarz olish huquqlari (SDR) hajmi $575,9 mlnni tashkil etdi. Qolgan valyuta aktivlari esa hisobot sanasiga ko‘ra $167,6 mln etib baholangan.

Eslatib o’tamiz, mart oyida zaxiralar sezilarli darajaga, xususan, $77,1 mlrddan $69,0 mlrdgacha qisqargandi. Biroq oltinning jismoniy hajmi 13,1 mln troya unsiyasidan 13,4 mln troya unsiyasigacha oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi