NRG-BI va Kapitalbank ko‘chmas mulk xaridi uchun yangi moliyaviy mahsulot — Biznes Aktivni taqdim etdi
Aylanma mablag‘larni saqlab qolgan holda aktivlarni kengaytirish imkoniyati
NRG-BI va Kapitalbank hamkorlikda Biznes Aktiv mahsulotini ishga tushirdi. Ushbu maxsus kredit yechimi yuridik shaxslarga Toshkent shahridagi turar joy va noturar joy ko‘chmas mulklarini qulay shartlarda xarid qilish imkonini beradi.
Yangi mahsulot ko‘chmas mulk sotib olish, o‘z aktivlarini ko‘paytirish va biznesni rivojlantirish uchun shaxsiy moliyaviy resurslarini saqlab qolishdan manfaatdor tadbirkorlar hamda kompaniyalar uchun mo‘ljallangan.
Biznes Aktivning asosiy afzalliklaridan biri — ko‘chmas mulkni qurilish bosqichidayoq, kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini kutmasdan va qo‘shimcha garov taqdim etmasdan xarid qilish imkoniyatidir.
Bunday yondashuv kompaniyalarga mos obyektlarni qurilishning dastlabki bosqichlaridayoq tanlash, ko‘chmas mulkni jozibador narxlarda xarid qilish hamda o‘z aylanma mablag‘larini biznesning asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Biznes Aktiv mahsulotining moliyalashtirish shartlari:
- Moliyalashtirish miqdori: AQSH dollaridagi ekvivalentda 10 mlrd so‘mgacha.
- Foiz stavkasi: yillik 14%.
- Moliyalashtirish muddati: 120 oygacha.
- Kredit valyutasi: AQSH dollari.
- Maqsadi: Toshkent shahrida turar joy va noturar joy ko‘chmas mulklarini xarid qilish.
Kapitalbank vakillarining ta’kidlashicha, ushbu mahsulot moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va kelgusida biznesni kengaytirish uchun kapitalni saqlab qolish muhim bo‘lgan tadbirkorlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Biznes Aktiv tadbirkorlarga bugunoq o‘z aktivlarini shakllantirish, ko‘chmas mulkni qurilishning dastlabki bosqichlarida xarid qilish va shu bilan birga biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy moslashuvchanlikni saqlab qolish imkonini beradi.
NRG-BI va Kapitalbank o‘rtasidagi hamkorlik tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida mavjud moliyaviy vositalar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan.
1. NRG-BI
Telefon: 1360
Sayt: nrg-bi.uz
2. Kapitalbank
Telefon: 1340
Sayt: kapitalbank.uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ