Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti innovatsion iqtisodiy o‘sish mexanizmi uchun berildi

2025-yilgi mukofotni Niderlandiya, Fransiya va Kanadadan uch nafar olim oldi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti innovatsion iqtisodiy o‘sish mexanizmi uchun berildi

2025-yilda iqtisodiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti “innovatsiyaga asoslangan iqtisodiy o‘sish mexanizmini tushuntirib berganlik uchun” topshirildi. Bu yilgi laureatlar — Joel Mokir (Niderlandiya), Filipp Agion (Fransiya) va Piter Xouitt (Kanada).

Nobel qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Joel Mokir texnologik taraqqiyot barqaror iqtisodiy o‘sishga qanday sharoit yaratishini tahlil qilgani uchun e’tirof etildi. Agion va Xouitt esa “kreativ destruksiya” — ya’ni yangi mahsulotlar eski texnologiyalarni siqib chiqaradigan jarayon orqali o‘sish nazariyasini ishlab chiqqanliklari uchun mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Mokir tarixiy manbalarni tahlil qilib, barqaror iqtisodiy o‘sishning yangi normal holatga aylanish omillarini aniqlagan. Agion va Xouitt esa 1992-yilda chop etilgan maqolalarida kreativ destruksiyani matematik model orqali tushuntirib, bozorga yangi va samaraliroq mahsulot kirib kelganida eski kompaniyalar qanday raqobatbardoshligini yo‘qotishini ko‘rsatgan.

Ta’kidlash joizki, 2024-yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga institutlarning shakllanishi va ularning farovonlikka ta’sirini o‘rgangan tadqiqotlari uchun berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi