Yangi Toshkentda mehmonxona qurish uchun infratuzilma to‘lovlari 5 barobar kamaytiriladi

Qiymati $50 mlndan yuqori noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

Yangi Toshkentda mehmonxona qurish uchun infratuzilma to‘lovlari 5 barobar kamaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investorlar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda shaharda xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishini rag‘batlantirish uchun infratuzilma to‘lovlarini kamaytirish, ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish hamda investorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

Ayrim obyektlar uchun infratuzilma to‘lovlari kamayadi

Infratuzilma to‘lovining bazaviy stavkasi savdo, servis va biznes markazlari uchun uch barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun besh barobar, madaniy hamda ko‘ngilochar maskanlar uchun 10 barobar kamaytiriladi.

Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar uchun infratuzilma to‘lovi 1% etib belgilanadi. Yangi tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.

Prezident turar joy qurilishi bilan shaharga xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etishning iqtisodiy yuki bir xil emasligini ta’kidladi.

Loyihalarni kelishish jarayonlari tezlashtiriladi

Dunyoning yetakchi arxitektorlari ishlab chiqqan o‘ziga xos loyihalar uchun tezkor tartib joriy etiladi. Bunda loyihalash, qurilish va obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonlari jadallashtiriladi.

Shuningdek, bir xil ma’lumotlarni qayta-qayta talab qilish amaliyotiga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Yashil” sertifikat xarajatlarini davlat qoplaydi

Yangi Toshkentda quriladigan obyektlarga “yashil bino” standartlari qo‘llanadi. Biroq sertifikat olish tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat bo‘lishi hisobga olinib, qiymati $50 mln dan yuqori noturar joy loyihalari uchun “yashil” sertifikat xarajatlarini davlat to‘liq qoplab beradi.

Bundan tashqari, investorlar sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yashil hududga aylantirishi talabi Yangi Toshkentdagi loyihalarga tatbiq etilmaydi. Shaharning 30 foizini ko‘kalamzorlashtirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta’minlanadi.

Yirik loyihalarga alohida mas’ul biriktiriladi

Qiymati $50 mlndan yuqori bo‘lgan har bir investitsiya loyihasiga alohida mas’ul biriktiriladi. U obyekt ishga tushguniga qadar investorga hamrohlik qiladi va yuzaga keladigan masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, $50 mln dan yuqori har bir loyiha uchun “bitta investitsiya bitimi” tamoyili joriy etiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalchiliklari hisobga olinib, shunga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saneg tasarrufiga berilgan neft konlari litsenziyalari bekor qilingan — Davaktiv
/
Saneg tasarrufiga berilgan neft konlari litsenziyalari bekor qilingan — Davaktiv
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
/
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi
/
O‘zbekistonga to‘qqiz oyda 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi