MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi

Tartib 2027-yildan mijozning bank kartalaridagi jami qoldiq 680 ming so‘mdan kam bo‘lganda amal qiladi

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi

Markaziy bank fuqarolarning bank kartalaridan kreditlarni so‘ndirish uchun avtomatik pul yechishga cheklov kiritdi. Tegishli qaror Lex.uz saytida e’lon qilindi.

Hujjat bilan tijorat banklarining mijozlar bilan o‘zaro munosabatlariga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, kredit yoki kafillik bo‘yicha to‘lov yechib olinganidan keyin mijoz hisobida saqlanib qolishi kerak bo‘lgan eng kam mablag‘ miqdori belgilanadi.

Banklarga mijozning barcha bank kartalaridagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizidan kam bo‘lib qoladigan holatda uning roziligisiz mablag‘ yechish taqiqlanadi. Hozirda bu miqdor 680 ming so‘mni tashkil etadi.

O‘zgartirishlar hujjat e’lon qilinganidan uch oy o‘tib — 2027-yil 10-yanvardan kuchga kiradi.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyatini qonunchilik bilan tartibga solishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda
/
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda