Muruntov koni dunyoda oltin ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi
2024-yilda kon 2,68 mln unsiyaga teng miqdorda oltin sotgan
O‘zbekistondagi Muruntov koni 2024-yilda dunyodagi oltin ishlab chiqaruvchi konlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Statista Mining.com portali tomonidan e’lon qilingan hisobotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Mining.com ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyalar hisobotlari asosida 2024-yilda AQShning Nevada shtatidagi konlar birinchi o‘rinni egallab, 2,70 mln unsiya (76,5 metrik tonna) oltin ishlab chiqargan.
O‘zbekistonning Muruntov koni ikkinchi o‘rinda turibdi. 2024-yilda bu yerda 2,68 mln unsiya oltin qazib olingan. Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq konida esa shu yili 1,1 mln unsiya oltin ishlab chiqarilgan.
Uchinchi o‘rinda Indoneziyaning Grasberg koni (1,86 mln unsiya yoki 59 tonna) joylashgan. To‘rtinchi o‘rinni esa 1975-yilda topilgan Rossiyaning Olimpiada koni (1,44 mln unsiya yoki 40 tonna) egallagan.
2024-yil yakunlari bo’yicha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) ishlab chiqarish hajmi qariyb 94 trln so‘mga yetgan edi.
Kapital.uz avvalroq NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
Shunga qaramay kon 12 ta kompaniya qatorida 2026-yil yakuniga qadar sotilishi belgilangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ