Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘lida poyezdlar harakati vaqti uzaytirildi

Endilikda harakat har kuni soat 05:00 dan 23:00 ga qadar ishlaydi

Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘lida poyezdlar harakati vaqti uzaytirildi

2026-yil 1-maydan boshlab Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati har kuni soat 05:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda metro poyezdlari shu vaqtga qadar ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelgan. Endilikda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qatnov vaqti bir soatga uzaytirildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining boshqa yo‘nalishlarida — Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilar va poytaxt mehmonlari uchun yangilangan rasmiy veb-sayt — uzmetro.uz ishga tushirilganini ma’lum qildi. Yangi platforma orqali foydalanuvchilar metropoliten faoliyatiga oid muhim va ishonchli ma’lumotlarni tezkor hamda qulay tarzda olishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi