“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi

Xususan, qiymati 2,560 so‘m bo‘lgan 10 mlndan ortiq aksiyalar bilan birja ustav fondi 27,7 mlrdga yetkaziladi

“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi

“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda “Fond bozorining axborot-resurs markazi” MCHJning 100% ulushini birjaga o‘tkazish orqali jamiyatda davlat ulushini oshirish belgilandi.

Shuningdek, birja ustav fondini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan 27,7 mlrd so‘mga oshirish qarori qabul qilindi. Shu maqsadda har birining nominal qiymati 2560 so‘m bo‘lgan 10,8 mln dona oddiy hujjatsiz aksiyalar chiqariladi.

Mazkur aksiyalar Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga joylashtiriladi. To‘lov esa pul mablag‘lari hisobidan emas, balki “Fond bozorining axborot-resurs markazi” MCHJ ustav kapitalidagi 100% ulushni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi
/
18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi