O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi

2026-yilning 1-iyunidan esa ziyoratgoh hududlaridan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etiladi

O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi

Prezidentning 2026-yil 30-apreldagi “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri asosida loyiha boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Shu doirada 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi, 31 ta obyekt faoliyati tashkil etilib, rivojlantiriladi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi barcha turdagi turistik zonalar va klasterlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilma sifatida belgilandi.

2026-yil 1-iyundan boshlab ziyoratgoh hududlarining funksional chegaralari bosqichma-bosqich aniqlanadi, zarur hollarda ularni kengaytirish va foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etiladi.

Shuningdek, sohada “davlat – biznes – jamoatchilik – ta’lim” (Quattro) hamkorlik modeli yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yildan boshlab esa Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan yiliga ikki marta sayyohlar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkaziladi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab turizmni rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etiladi. Xususan, 2030-yil oxirigacha xorijiy turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

Bundan tashqari, mahalliy turoperatorlarning xorijdagi targ‘ibot xarajatlarining 25% igacha (500 mln so‘mgacha) kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlari ma’lum muddat davomida moliyalashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi