NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, 2025-yildan boshlangan rivojlanish dasturi doirasida kompaniyaga har yili $600 mlngacha sarmoya kiritiladi

NKMK 5 yilda oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) kompaniyasi kelgusi besh yil ichida oltin ishlab chiqarishni 30% ga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu orqali korxona dunyoning yetakchi oltin ishlab chiqaruvchilari orasidagi o‘z mavqeini yanada mustahkamlashni maqsad qilgan, deb yozadi Bloomberg.

Kompaniya ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha qariyb 4 mln unsiyaga yetkazishni rejalashtirgan. Bu maqsad 2025-yildan boshlangan rivojlanish dasturi doirasida amalga oshiriladi va unga har yili $600 mlngacha sarmoya yo‘naltiriladi.

NKMK 2024-yilda 3,1 mln unsiya oltin ishlab chiqargan holda, Rossiyaning “Polyus” kompaniyasini ortda qoldirib, dunyoda to‘rtinchi o‘ringa chiqdi.

Shuningdek, kompaniya o‘z aksiyalarini London fond birjasi va Toshkent fond birjasida joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Masalaga yaqin manbalar ma’lumotiga ko‘ra, NKMK Citigroup Inc., Morgan Stanley va JPMorgan Chase & Co. bilan birgalikda potensial IPO jarayonini ishlab chiqmoqda. Kompaniya o‘zining bozor qiymatini $20 mlrd atrofida baholashni maqsad qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Regulyator foiz stavkalarini belgilashda pul-kredit siyosatining qat’iylik darajasiga e’tibor qaratmoqda — Ishmetov
/
Regulyator foiz stavkalarini belgilashda pul-kredit siyosatining qat’iylik darajasiga e’tibor qaratmoqda — Ishmetov
Prezident Toshkentda sun’iy ko‘l va suv havzalari sonini 12 taga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
/
Prezident Toshkentda sun’iy ko‘l va suv havzalari sonini 12 taga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
Energetika sohasida 2032-yilgacha umumiy qiymati $5,8 mlrdlik 73 ta loyiha amalga oshiriladi
/
Energetika sohasida 2032-yilgacha umumiy qiymati $5,8 mlrdlik 73 ta loyiha amalga oshiriladi