Markaziy bank va Mastercard banklar uchun kiberinqiroz bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Tadbirda O‘zbekistonning 10 ta banki vakillari qatnashdi, ular jamoalarga bo‘linib, simulyasiyalangan kiberhujumlar va inqirozli ssenariylarga to‘g‘ri munosabat bildirish malakasini mustahkamladi

Markaziy bank va Mastercard banklar uchun kiberinqiroz bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

Mastercard xalqaro to‘lov tizimining konsultantlari 2026-yil 27-aprelda Toshkentda, O‘zbekiston Markaziy banki binosida amaliy seminar o‘tkazdilar. O‘quv-mashg‘ulot banklarning kiberinqirozlarni boshqarishga tayyorligini mustahkamlashga va vaziyatlar ro‘y berganda harakatlarni muvofiqlashtirishni puxtalashga qaratildi.

Treningda kiberinqirozlarga munosabat bildirishga aloqador bank xodimlari, jumladan strategik qarorlar qabul qiluvchi rahbarlar, texnik jamoalar (IT va kiberxavfsizlik), shuningdek xatarlar, komplaens, kommunikatsiyalar va amaliyot funksiyalarini bajaruvchi bo‘linmalar vakillari qatnashdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi samarali o‘zaro hamkorlik inqirozli vaziyatlarda nihoyatda muhim bo‘lib, o‘quv-mashg‘ulotlar shaklida muntazam amaliyotni talab qiladi.

Kiberinqirozlar – bu tashkilot aktivlarining maxfiyligi, butligi va foydalanishga ochiqligiga daxl qiluvchi vaziyatlardir. Ular qasddan qilingan harakatlar, jumladan kiberhujumlar, zararli dasturiy ta’minot, ijtimoiy injeneriya va xizmat ko‘rsatishdan bosh tortish turidagi hujumlar tomonidan ham, shuningdek g‘ayriixtiyoriy omillar, chunonchi, inson xatosi yoki infratuzilmaning barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi holatlar tufayli ham ro‘y berishi mumkin.

Vorkshop moderatori Mastercard’ning EEMEA mintaqasidagi kiberxavfsizlik bo‘yicha konsultantlar jamoasining rahbari Jihan Saliho‘g‘li bo‘ldi. Tadbir doirasida Mastercard Cyber Crisis Exercise dasturi – banklar va moliyaviy tashkilotlar uchun proaktiv tayyorgarlik va inqirozli vaziyatlarda inson omilini tayyorlashga qaratilgan kiberinqiroz o‘quv-mashg‘ulotlarining tizimlashgan shakli. 

Immersive Labs platformasida qatnashchilarga turfa turdagi kiberhujumlar, jumladan ma’luomtlar sizib chiqishi, ta’magir-dasturlar va amaliyotdagi uzilishlarni modellashtiruvchi reallikka yaqin ssenariylar taklif etildi. Mashqlar tarmoq va tartibga soluvchi kontekstiga moslashtirilgan bo‘lib, muvofiqlashtirilgan harakatlar, kommunikatsiyalar va jamoalararo tezkor boshqaruvni talab qiluvchi qator asosiy qaror qabul qilish nuqtalarini o‘z ichiga oldi.

Kiberinqirozlar bugungi kunda moliya tarmog‘i to‘qnash kelayotgan asosiy xatarlar sirasiga kiradi va ularga tayyorgarlik nafaqat texnologiyalarga, balki bosim va noaniqlik holatida uyushqoq jamoaviy ishlashga ham bog‘liq. Kiberbarqarorlikni mustahkamlash Mastercard’ning barcha faoliyat bozorlaridagi uzoq muddatli ustuvorligi sanaladi. O‘zbekiston – bizning ustuvor bozorlarimizdan biri: biz bu yerdagi faoliyatimizni kengaytiramiz va Markaziy bank hamda moliya hamjamiyati bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Ushbu vorkshop kabi tashabbuslar tayyorgarlikni real amaliy ko‘nikmalarga aylantirib, moliya tizimiga ishonchni, barqarorlik va dadillikni mustahkamlashda yordam beradi, — qayd etdi Mastercard MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh menejeri Sulaymon So‘zeri.

O‘quv-mashg‘ulotlar yakunlariga ko‘ra, Mastercard konsultantlari fasilatsiyalangan muhokama o‘tkazdilar, uning davomida asosiy kuchli tomonlar va yanada rivojlanish sohalari belgilab olindi. Yalpi anonimlashgan tarmoq hisoboti, tavsiyalar va xalqaro amaliyotlarga qiyoslov bilan birga, O‘zbekiston Markaziy bankiga taqdim etiladi.

Mastercard’ning kiberinqiroz o‘quv-mashg‘ulotlari, holatlarga munosabat bildirishni amaliy puxtalash, inqirozlarni boshqarish, biznes uzluksizligini ta’minlash hamda nazoratda ushlab turiluvchi va xavfsiz muhitni tiklash hisobiga, bank tarmog‘i barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Muntazam mashg‘ulotlar jamoalarga amaliy tajribani oshirish, muvofiqlashtirishni yaxshilash va real holatlarda munosabat bildirish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.

Mastercard haqida

Mastercard butun dunyo bo‘ylab 200 dan ziyod mamlakatda mahalliy iqtisodiyotlarni rivojlantiradi va insonlarni ilhomlantiradi. Mijozlarimiz bilan birga biz har kim gullab-yashnashi mumkin bo‘lgan barqaror iqtisodiy muhitni barpo etamiz. Biz raqamli to‘lovlarni o‘tkazish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratamiz, tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, aqlli va hammabop qilamiz. Texnologiyalarimiz va innovatsiyalarimiz, hamkorliklarimiz va aloqalarimiz odamlarga, kompaniyalarga va hukumatlarga o‘z salohiyatlarini eng mukammal suratda ro‘yobga chiqarishda yordam berish uchun xizmat qiladi.

Sayt: mastercard.uz

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Naibobod stansiyasida yangi shoxobcha yo‘li foydalanishga topshirildi
/
Naibobod stansiyasida yangi shoxobcha yo‘li foydalanishga topshirildi
Octobank 2026-yilning birinchi choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor
/
Octobank 2026-yilning birinchi choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi
/
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi