“NKMK” ning ishlab chiqarish hajmi qariyb 94 trln so‘mni tashkil qildi

2023-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 105,3% ga o‘sgan 

“NKMK” ning ishlab chiqarish hajmi qariyb 94 trln so‘mni tashkil qildi

2024-yilda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan 93,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda “NKMK” rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unda qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmi 2023-yilga nisbatan 105,3% ga o‘sgan. 

Aksiyadorlik jamiyati yil davomida davlat byudjetiga 57,5 trln so‘m miqdorida soliqlar va dividendlarni to‘lagan.

Shuningdek, “NKMK” ga $790 mln qiymatidagi investitsiya yo‘naltirilib, 715 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 916 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha esa 6,2 trln so‘mlik mahsulot xarid qilindi.

Bundan tashqari, xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi 3,7 trln so‘mga kamaytirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi