Ramazon Hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan ish boshlaydi

31-mart kuni esa odatdagidek ish grafigiga o‘tiladi

Ramazon Hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan ish boshlaydi

30-mart Ramazon Hayiti bayramida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi

Poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

O‘tgan yili Ramazon Hayiti va Qurbon Hayiti kunlarida Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga kunning ma’lum qismida bepul xizmat ko‘rsatgandi. 

Kecha, Prezident qarori bilan Ramazon hayitini 30-mart kuniga belgilandi. Bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli 31-mart ham dam olish kuni deb e’lon qilindi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi