Prezident qarori bilan Ramazon hayitini 30-mart kuniga belgilandi
Bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli 31-mart ham dam olish kuni deb e’lon qilindi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Prezident Mirziyoyev Ramazon hayitini 30-mart kuniga belgilash haqida qaror qabul qildi.
Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.
Bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklatildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ