Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda

Reytingda aholi bilan bir qatorda mikro, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun yaratilgan sharoitlar ham hisobga olinadi

Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda

Markaziy bank tijorat banklarining moliyaviy ommaboplik reytingini ishlab chiqmoqda. U orqali banklarning aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi faoliyati o‘zaro taqqoslanadi.

Reytingda banklarning moliyaviy xizmatlarni qulay, xavfsiz va sifatli shaklda taqdim etish imkoniyatlari ham baholanadi. Bunda aholi bilan bir qatorda mikro, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun yaratilgan sharoitlar ham hisobga olinadi.

2026-yil 30-oktabr kuni Markaziy bank va tijorat banklari vakillari ishtirokida reytingni shakllantirish metodologiyasi, baholash mezonlari hamda dastlabki hisob-kitob natijalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda reyting ko‘rsatkichlarini hisoblashda foydalanilgan ma’lumotlar, ularning aniqligi va baholash jarayonini yanada takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Markaziy bankning qayd etishicha, reytingni joriy etishdan asosiy maqsad moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, banklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish hamda aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishdan iborat.

Avvalroq Markaziy bank moliyaviy xizmatlar va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish tartibini yangilagandi. Yangi qoidalar innovatsion loyihalar, xorijda sinovdan o‘tgan xizmatlar hamda moliyaviy tashkilotlar uchun texnologik yechimlarni alohida yo‘nalishlarda sinash imkonini beradi.

Oktabr oyida murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bank nomi ma‘lum qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi
/
O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrddan oshdi