O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi

Tarmoqlar kesimida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning eng katta ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ga tushdi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida (YIM) kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 21,8% ni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobot davrida mamlakat YIM hajmi 1 755 kvadrln so‘mga yetib, real hisobda 8,3% ga o‘sdi. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo‘shilgan qiymati esa 382,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich yilning birinchi yarim yilligida qayd etilgan 22,9% dan 1,1% bandga kamaydi. 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida esa kuzatilmaydigan iqtisodiyotning YIMdagi ulushi 23,9% bo‘lgan.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslarning faoliyati, shuningdek, yashirin sektorni o‘z ichiga oladi.

Tarmoqlar kesimida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning eng katta ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga to‘g‘ri kelmoqda. Yanvar–sentabr oylarida ushbu tarmoqning ulushi 57,6% ni tashkil etdi.

Keyingi o‘rinlarda xizmatlar sohasi 23,8%, qurilish 8,3% va sanoat 4,9% bilan qayd etilgan.

Birinchi yarim yillik bilan taqqoslaganda, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 60,5% dan 57,6% ga, qurilishda 17,8% dan 8,3% ga, sanoatda esa 6,7% dan 4,9% ga tushgan.

Ayni paytda xizmatlar sohasida bu ko‘rsatkich aksincha oshib, 23% dan 23,8% ga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda
/
Markaziy bank tijorat banklari uchun moliyaviy ommaboplik reytingini joriy etmoqda
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda suyultirilgan gaz narxi 2,5 baravar oshiriladi
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $15 mlrddan oshdi