Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi

G‘allaorol tumanida foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olishda aybdor deb topilgan 25 yoshli shaxs 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Marjonbuloq mahallasidagi oltin boyitish koni hududida iqtisodiy huquqbuzarliklar, jumladan, oltin o‘g‘irlash holatlari aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha aybdorlarga nisbatan sud tartibida choralar ko‘rilmoqda.

Sudda ko‘rib chiqilgan ish materiallariga ko‘ra, G‘allaorol tumanidagi G‘ubdun QFYda yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro 2026-yil aprel oyida Uzunbuloq QFY hududidagi Morguzar tog‘ tizmasidan tegishli ruxsatsiz 9 840 kilogramm oltin tarkibli foydali qazilmani qazib olgan. U qazib olingan xomashyoni o‘z uyida saqlagan.

Sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, jinoyat ishi doirasida to‘plangan dalillar o‘rganib chiqildi.

Sud hukmi bilan fuqaro Jinoyat kodeksining 196-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. U sud zalining o‘zida qamoqqa olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
/
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan
/
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $65,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi $65,4 mlrdga yetdi