Kriptovalyutani qanday qonuniy ravishda sotib olish mumkin

Kapital.uz tahririyati buni qanday qilish mumkinligini va qanday istisnolari borligini aytib beradi

Kriptovalyutani qanday qonuniy ravishda sotib olish mumkin

O’zbekistonda kriptovalyutalar savdosi legallashgandan so’ng ularni bizni mamlakatimizda ham sotib olish mumkin bo’ldi. Ammo bugungi kunda ko’p qonun buzilish holatlariga guvoh bo’lyapmiz, shunday holatlarga duchor bo’lmaslik uchun bu jarayonni qanday qonuniy ravishda amalga oshirish mumkin? Aynan shu savolga Kapital uz tahririyati bugun javob beradi.

Kriptovalyuta sotish faqat ixtisoslashgan kripto birjalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, kripto birja savdolarining elektron tizimlari O’zbekiston ichidagi serverlarga joylashtirilishi kerak, faqat litsenziyasi bor jismoniy shaxslarga kripto valyuta sotishga ruxsat beriladi.

Kripto-birja mijozlarga o‘zining elektron platformasiga kripto-aktivlarni sotish, sotib olish yoki ayirboshlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish uchun kirishga ruxsat berish orqali kripto-aktivlar savdosini tashkillashtiradi. Elektron platformaga kirishga ruxsat faqatgina shartnoma asosida taqdim etiladi. Mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktivlar savdolari qoidalarini buzganligi uchun savdolar ishtirokchisi safidan chiqarilgan mijoz uch oy davomida savdolar ishtirokchisi bo‘la olmaydi. Mijozlarning kripto-aktivlar savdolariga, jumladan kripto-birjaning boshqa xizmatlari va mahsulotlariga kirishiga ruxsat berish, shuningdek kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari safidan chiqarish lokal hujjatlar bilan belgilanadi.

Kripto-birja savdosi majburiyatlari

Kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish jarayoni shaffofligi, shuningdek ularning natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar ijrosini ta’minlashi zarur va kripto-birjaning elektron platformasida ta’minlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida ta’minlangan tokenlarni ta’minlash uchun kiritilgan moddiy yoki boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan o‘tkazishi shart.

Kripto-birja mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktivlar haqida insayder axborotlarni ishlatish, ularning narxlari bilan hiyla-nayranglarni aniqlash, qoidabuzarliklarni oldini olishga va  to‘xtatishga, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.

O’zbekistonda qonuniy ravishda kripto-valyuta sotib olish uchun qonuniy bo’lgan kripto birjaga murojaat etish lozim. Virtual aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish juda oson, ammo bundan oldin siz to’rt bosqichdan iborat bo’lgan ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Buni uydan chiqmasdan kompyuter qarshisida qilishingiz mumkin.

To’g’ri ro’yxatdan otishning to’rt bosqichi

Barcha jarayonni to’g’ridan-to’g’ri uznex.com. saytida amalga oshirish lozim. Bosh sahifada «ro’yxatdan o’tish» tugmachasi mavjud. Birinchi bosqichda foydalanish shartlari, maxfiylik siyosati bilan tanishish va ma’lumotlarni qayta ishlashni tasdiqlash taklif etiladi. Agar rozilik bildirsangiz, tegishli pozitsiyalarni belgilashingiz va OneID orqali kirish mumkin. Bu O’zbekistonda foydalanuvchilarni davlat boshqaruvi organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga kirish uchun mo’ljallangan yagona identifikatsiya tizimi.

Ro’yxatdan o’tishning ikkinchi bosqichida siz KYC prosedurasidan o’tishingiz kerak. Ekranda skanerlashingiz kerak bo’lgan QR kod paydo bo’ladi. Tizim pasportingizni suratga olishni bundan so’ng esa yuzingizni suratga olishni taklif qiladi. Bu jarayon qanday sodir bo’lishini batafsil birja veb-saytida o’qishingiz mumkin.

Uchinchi qadam telefon raqamini tasdiqlashni o’z ichiga oladi. Foydalanuvchi SMS kodni kiritishi kerak.

Bundan tashqari, qo’shimcha ma’lumotlarni himoya qilish uchun to’rtinchi qadam mavjud — Google Authenticator orqali autentifikatsiya. Bu tasodifiy parol yaratadigan dastur. Siz uni AppStore va Play marketdan yuklab olishingiz va tizimga kirish uchun foydalanishingiz mumkin. Dastur QR kodi orqali birjaga biriktirilgan.

Barcha to’rtta proseduradan o’tgandan so’ng, ular tizimga ikki bosqichda kirishadi. Birinchidan, OneID login va parol kiritiladi, so’ngra Google Authenticator yaratadigan kod so’raladi.

Qanday sotib olish mumkin

Tizimga kirganingizdan so’ng O’zbekistonliklar kripto valyutasini faqat so’mga sotib olishlari mumkin. Ammo buning uchun mablag’larni birja hisobvarag’iga o’tkazish kerak. Uzcard yoki Humo kartalari orqali saytning «hamyon» bo’limida to’ldiring. Eng kam depozit — 10 ming so’m. Ammo buning uchun komissiya olinadi. Uzcard orqali hisobni to’ldirish uchun komissiya 0,7%ni, Humo orqali esa 0,5%ni tashkil etadi. Har qanday kartaga mablag’ni o’tkazish uchun 0,5% + 1 ming so’mni yechib olinadi. Aniq narxlar to’g’risidagi ma’lumotlarni uznex.com. saytidan olishingiz mumkin.

«Hamyon» bo’limida har bir kripto aktivlarini sotib olishdan oldin, ularga alohida hamyon yaratishingiz kerak. Ayni damda kripto birjalardan faqat Bitcoin yoki Ethereum sotib olishingiz mumkin.

Kripto birjalarning veb-saytida «birja» bo’limida chap tomonda kripto aktivlarini sotib olish va sotish uchun arizalar ko’rsatiladigan katakcha mavjud. Buyurtmani ma’lum bir narxda ochish yoki bozor narxida savdo qilish imkoniyati mavjud. 

ILMAning tasaruffiga o’tdi

Shuningdek Prezidentning 2023 yil 2 sentyabrdagi «kapital bozorini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi qaroriga binoan kapital bozori va sug’urta bozorini tartibga solish istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) vakolatiga kira boshlagan bunga qadar barchasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatlariga kirgan.

Shu bilan birga ILMA qimmatli qog’ozlar savdosi tashkilotchilari va markaziy depozitariy faoliyatini nazorat qilish uchun javobgarga aylangan. Bundan tashqari, ILMA «fond bozori axborot-resurs markazi» DUKni boshqaradi (fondbozori.uz), shuningdek, korporativ axborotning yagona portalini hamdir (openinfo.uz).

Ayni damda ILMA Markaziy bankning o’rniga, fond birjasidagi faoliyat, birjadan tashqari qimmatli qog’ozlar savdosini tashkil etish va ularning bozoridagi professional faoliyat bilan bog’liq litsenziyalash, ruxsatnomalar va axborot proseduralari kabi tartib-qoidalarni belgilaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqandliklar uchun xorijga sayohat 44% ga arzonlashdi
/
Samarqandliklar uchun xorijga sayohat 44% ga arzonlashdi
O’zbekistonda ipotekaga kvartirani qanday sotib olish mumkin: bosqichma-bosqich ko’rsatmalar
/
O’zbekistonda ipotekaga kvartirani qanday sotib olish mumkin: bosqichma-bosqich ko’rsatmalar
O‘zbekistonda B2B-ekotizim: dinamika – ijobiy, lekin biznes konservativ
/
O‘zbekistonda B2B-ekotizim: dinamika – ijobiy, lekin biznes konservativ