O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi

Kripto bozorida 21 ta xizmat provayderi faoliyat yuritmoqda, 2022–2025-yillarda kompaniyalar 107 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov amalga oshirdi

O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonning 661 mingdan ziyod fuqarosi kriptoplatformalarda ro‘yxatdan o‘tdi, deb xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati.

Mamlakatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida 21 ta xizmat provayderi faoliyat yuritadi: ularning 12 tasi — kripto-do‘kon, 6 tasi — kripto-depozitariy va 3 tasi — kripto-birja. Kripto sohasida jami 207 ta ish o‘rni yaratilgan.

Xizmat provayderlari shu vaqtga qadar 663 691 nafar mijozni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, ularning 661 850 nafari rezidentlardir.

2022−2025-yillar oralig‘ida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar 107 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov qildi. Shundan 79 mlrd so‘mni davlat boji, 28 mlrd so‘mni esa oylik yig‘imlar tashkil etdi.

Ikki emitent — Humo Digital (ta‘minlangan token) va Lockton Hub — 21 mlndan ortiq token chiqardi: ularning 16,97 mln donasi ta‘minlangan, yana 4,1 mln donasi utilitar tokenlardir.

ilma, kripto aktiv, kripto birja, kriptovalyuta

O‘tgan yili ILMA kripto-do‘kon ochish uchun uchta litsenziya berdi: AsteriumCity Pay Gate va Crypto Magnat. Kripto-xizmat provayderlari ro‘yxati bilan havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
/
Samarqand 2030-yilgacha zamonaviy “yashil shahar”ga aylantiriladi
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
/
Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi