Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi

Kelishuvlar Poti shahridagi logistika xabi, eksportni rivojlantirish hamda Oʻzbekistonda $400 mlnlik qurilish loyihalarini oʻz ichiga oladi

Oʻzbekiston va Gruziya $1 mlrddan ortiq investitsiya va savdo bitimlarini imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari boʻyicha umumiy qiymati $1 mlrddan ortiq boʻlgan 70 ta yangi investitsiya va savdo shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Vazirning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Oʻrta koridor va Gruziya portlari infratuzilmasidan faol foydalanishni rejalashtirmoqda. Xususan, Poti maxsus industrial zonasida savdo-logistika va ishlab chiqarish xabini barpo etish ishlari boshlangan.

Mazkur xab hududida oʻzbek mahsulotlari uchun ko‘rgazma zali (showroom) tashkil etiladi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar Gruziya hududida mahsulotlarning yakuniy ishlab chiqarish bosqichlarini amalga oshirib, ularni Yevropa Ittifoqi hamda boshqa davlatlar talablariga mos holda uchinchi mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida toʻqimachilik, oziq-ovqat, maishiy texnika va boshqa turdagi mahsulotlarni yakuniy qayta ishlash hamda eksport qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, tomonlar turizm va uy-joy infratuzilmasi yoʻnalishida ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Laziz Qudratovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda mehmonxona va turar joy majmualarini qurishni nazarda tutuvchi qariyb $400 mlnlik investitsiya portfeli shakllantirilgan.

Vazirning qayd etishicha, Gruziya ishbilarmon doiralari Oʻzbekistonni mintaqadagi eng istiqbolli bozorlardan biri sifatida baholamoqda. Uning soʻzlariga koʻra, davlat tashrifi ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi
O‘zbekiston Gruziya portlarida o‘z logistika infratuzilmasini barpo etadi
/
O‘zbekiston Gruziya portlarida o‘z logistika infratuzilmasini barpo etadi
Toshkent hokimligi 200 dan ortiq avtobus bekatini o‘z tasarrufiga oladi
/
Toshkent hokimligi 200 dan ortiq avtobus bekatini o‘z tasarrufiga oladi