O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi

Mamlakat Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beruvchi eng yirik davlatlar orasida beshinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonning Xitoyga gaz eksporti qariyb $140 mlnga yetdi

Joriy yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston Xitoyga $139,6 mln qiymatidagi tabiiy gaz eksport qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi hisobotida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda mamlakatning tabiiy gaz eksporti $202,9 mlnni tashkil etgan. Bu Xitoy tomonidan e’lon qilingan ko‘rsatkichdan qariyb $77 mlnga ko‘p.

Raqamlardagi tafovutga qaramay, Xitoy O‘zbekistondan gaz importi sezilarli darajada oshganini qayd etmoqda. Xususan, may oyida yetkazib berilgan gaz hajmi $93,6 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshgan.

Biroq 2025-yilning dastlabki besh oyidagi ko‘rsatkich bilan solishtirilganda, eksport hajmi sezilarli darajada kamaygan. O‘sha davrda O‘zbekiston Xitoyga $264,85 mln tabiiy gaz eksport qilgan bo‘lib, joriy yilgi ko‘rsatkich deyarli ikki baravarga qisqargan.

Xitoyga tabiiy gaz yetkazib beruvchi eng yirik davlat Rossiya bo‘lib, uning eksporti $3,8 mlrdni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda $3,32 mlrd bilan Turkmaniston qayd etilgan. O‘zbekiston esa $139,6 mlnlik eksport hajmi bilan Myanma ($624,4 mln) va Qozog‘iston ($309,4 mln)dan keyin beshinchi o‘rinni egalladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi