O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda $180 mlrddan oshishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatga $160 mlrddan ortiq xorijiy investitsiya kirganini ma’lum qildi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yilda $180 mlrddan oshishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida nutq so‘zlab, xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotganini aytdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda mamlakatga $160 mlrddan ortiq xorijiy investitsiya kirdi. Iqtisodiyot 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi. 2026-yil yalpi ichki mahsulot hajmi $180 mlrddan oshishi kutilmoqda.

Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5,7 mln doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1,2 mln o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi. Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda 8 mln aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 mln aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

O‘tgan 10 yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi.

Xalqimizda uyli bo‘lish — vatanli bo‘lish. degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi, dedi prezident.

Davlat rahbari bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, mamlakatning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
/
MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda