ILMA “Asterium” ga kripto-birja faoliyati uchun litsenziya berdi

Avvalroq kompaniya kripto-do‘kon va kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar olgan

ILMA “Asterium” ga kripto-birja faoliyati uchun litsenziya berdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) “Asterium” kompaniyasiga kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

12-mart kuni kompaniya kripto-do‘kon sifatida ishlash uchun litsenziya oldi. Bu haqdagi ma’lumotlar elektron reyestrga kiritilib, agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan.

19-martda ILMA “Asterium”ga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya ham berdi.

Kompaniya 2022-yil 15-avgustda ro‘yxatdan o‘tgan. Uning ta’sischisi Komilxo‘ja Abdukarimovich Sultonov hisoblanadi. 

“Asterium” kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan uchinchi, kripto-do‘kon maqomidagi o‘n birinchi va kripto-depozitariy sifatidagi beshinchi kompaniyaga aylandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” yuk tashish tariflarini 5% ga oshiradi
/
“O‘zbekiston temir yo‘llari” yuk tashish tariflarini 5% ga oshiradi
Mehmonxonalar va turoperatorlarga QQSning 50%i qaytariladi
/
Mehmonxonalar va turoperatorlarga QQSning 50%i qaytariladi
O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 73,7 mlnga yetdi
/
O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 73,7 mlnga yetdi