Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda

Tomonlar $150 mlnlik tibbiy klaster va Urganchda yangi aeroport qurilishini ham muhokama qildi

Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda

Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun temiryo‘l poyezdlarini xarid qilishga imtiyozli mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 12%ga oshgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 1 mingga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, koreyalik investorlar kiritgan sarmoyalar hajmi esa $8 mlrddan oshgan.

Eksimbank va unga aloqador fondlar ishtirokidagi qo‘shma loyihalar qiymati $2 mlrddan ortiqni tashkil etadi. Ular qatoriga ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, kimyo majmuasi va farmatsevtika texnoparki qurilishi kiradi.

Shuningdek, qiymati $150 mln bo‘lgan tibbiy klaster qurilishi muhim loyihalardan biri sifatida qayd etildi. Mazkur loyiha ishga tushirilgach, tibbiy turizm rivojlanishi va qo‘shni davlatlardan bemorlarni jalb qilish kutilmoqda.

Tomonlar Hyundai Rotem kompaniyasidan temiryo‘l tarkiblarini xarid qilishni moliyalashtirish uchun EDCF kredit liniyasidan foydalanish imkoniyatini ham muhokama qildi. Bundan tashqari, Urganchda yangi aeroport qurish, moliya sohasida hamkorlikni kengaytirish va KAIST instituti filialini ochish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, 3-maydan Hyundai Rotem ishlab chiqargan ilk poyezd Toshkent–Xiva yo‘nalishida qatnovni boshlagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi