3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi

Safar vaqti 7,5 soatni tashkil etib, chipta narxi 780 ming so‘m etib belgilangan

3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi

3-maydan boshlab Toshkent va Xiva o‘rtasida “Jaloliddin Manguberdi” nomli yangi tezyurar elektropoyezd qatnay boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Poyezd Toshkent Shimoliy (Markaziy) vokzalidan soat 07:00 da jo‘nab, Xivaga 14:31 da yetib boradi. Qarshi yo‘nalishda esa poyezd 07:20 da jo‘nab, 14:51 da manzilga yetadi.

Qatnovlar haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Qaytish reyslari chorshanba, juma va yakshanba kunlariga belgilangan. Chiptalarni temir yo‘l kassalari va onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.

Bir yo‘nalish uchun chipta narxi 780 ming so‘m etib belgilangan.

Mazkur Hyundai Rotem elektropoyezdi 7 vagondan iborat bo‘lib, 390 yo‘lovchini sig‘dira oladi va 260 km/soat tezlikka chiqish imkoniyatiga ega. Poyezd mamlakat iqlim sharoitiga moslashtirilgan bo‘lib, chang, qum bo‘ronlari va keskin harorat farqlariga chidamli.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi