“Kaspi” Turkiyaning “Rabobank” bankini sotib olishni rejalashtirmoqda

Bitim hali imzolanmagan, ammo bankdagi barcha aksiyalarni xarid qilishni nazarda tutadi

“Kaspi” Turkiyaning “Rabobank” bankini sotib olishni rejalashtirmoqda

“Kaspi kz” Turkiyaning “Rabobank A.Ş.” bankini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda 27-mart kuni Qozog‘iston kompaniyasi o‘zining press-relizida ma’lum qildi.

Mazkur bank “Rabobank Group” kompaniyalar guruhining Turkiyadagi sho‘basi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, mazkur bitim hali imzolanmadi. “Rabobank A.Ş.” Turkiyada to‘liq lisenziyaga ega bank bo‘lib, u na omonat qo‘yuvchi yoki kerdit oluvchi mijozlarga, na filiallar tarmog‘iga ega. Bitimni yakunlash tartibga soluvchi organlarning zaruriy ruxsatini olish va bitimning barcha odatiy shartlari bajarilishiga bog‘liq. 

“Rabobank A.Ş.” ham ushbu shartnoma imzolanishini tasdiqladi. 27-martda e’lon qilingan press-relizda “Kaspi kz” foydasiga bankning “barcha aksiyalari” sotilishi ma’lum qilindi.

“Turkiyadagi sho‘ba korxonani sotish niyati guruhning operasion modelini soddalashtirish va takomillashtirish strategiyasi bilan bog‘liq,» – deyiladi “Rabobank A.Ş.” xabarida.

Bitim bo‘yicha “Rabobank Group’ning moliyaviy maslahatchisi J.P. Morgan, yuridik maslahatchisi esa “A&O Shearman / Gedik&Eraksoy” bo‘ldi.

“Rabobank haqida

“Rabobank” Niderlandiyada ochilgan kompaniya hisoblanadi. Bu kooperativ bank bo‘lib, unga aksiyadorlar emas, balki a’zolar egalik qiladi. Asosan qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatida faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kaspi kz” Turkiyaning “Hepsiburada” marketpleysining 65,41 foiz ulushini sotib olgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
/
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi