Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi

Endilikda 2025-yilning 12-iyunidan keyin olingan vizalar 30-sentabrigacha amal qiladi

Isroilda xorijiy fuqarolarning vizasi avtomatik uzaytirildi

Isroildagi xorijiy fuqarolar vizasi muddati avtomatik tarzda uzaytirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

Isroildagi joriy xavfsizlik vaziyati munosabati bilan mamlakat Ichki ishlar vazirligi hamda Aholi va immigratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan quyidagi turdagi vizalar muddati avtomatik tarzda 2025-yilning 30-sentabrigacha uzaytirildi:

  • B/1 — ishlash ruxsati (umumiy);
  • B/2 — sayyohlik vizasi;
  • A/1 — repatriantlar vizasi;
  • A/2 — talabalar vizasi;
  • A/3 — diniy xodimlar vizasi;
  • A/4 — A/2 va A/3 viza egalarining oila a’zolari vizasi.

Ushbu avtomatik uzaytirish faqatgina 2025-yil 12-iyun kuni yoki undan keyin vizasi muddati tugayotgan xorijiy fuqarolarga taalluqlidir.

Bunda hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab qilinmaydi — muddat uzaytirilishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Avvalroq, Isroil havo hududi yopilishi sababli “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxirigacha to‘xtatgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi