Toshkent aeroportida yangi avlod “Fast Track” xizmati ishga tushirildi

Yo‘lovchilar pasport nazoratidan QR-kod orqali alohida yo‘lakda tezkor o‘tishi mumkin bo‘ladi

Toshkent aeroportida yangi avlod “Fast Track” xizmati ishga tushirildi

Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro reyslar yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan yangi avlod “Fast Track” xizmati taqdim etildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Taqdimot marosimida aeroport, bank sohasi, turizm va aviatsiya vakillari, shuningdek xalqaro hamkorlar ishtirok etdi. Tadbirda sayohatchilar uchun dunyodagi eng yirik xizmatlardan biri hisoblangan “Priority Pass” dasturi asoschisi — “Collinson Group” kompaniyasi vakillari ham qatnashdi.

Loyihaning texnologik hamkori sifatida “HighPass” kompaniyasi xizmatning raqamli integratsiyasi va texnik ulanishini ta’minladi. Loyiha doirasida xalqaro terminalda “HighPass” raqamli ekotizimiga ulangan avtomatlashtirilgan “Fast Track” geytlari o‘rnatildi.

Mazkur tizim orqali yo‘lovchilar maxsus QR-kod yordamida kelish va jo‘nab ketish vaqtida pasport nazoratidan alohida yo‘lak orqali tezkor o‘tishi mumkin bo‘ladi. Xizmatdan “HighPass” platformasi orqali, shuningdek aviakompaniyalar va turoperatorlar saytlarida aviachiptalar hamda turpaketlarni xarid qilish jarayonida foydalanish mumkin.

Qayd etilishicha, hozirda dunyo bo‘yicha 100 tadan kam avtomatlashtirilgan “Fast Track” tizimi mavjud. Toshkent xalqaro aeroporti esa Markaziy Osiyoda ushbu texnologiyani joriy qilgan birinchi aeroportga aylandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
/
Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi
/
O‘zbekistonda aholi egaligidagi avtomobillar soni 4,9 mln donadan oshdi
Toshkentda ikkita yangi metro yo‘nalishi tezlashtirilgan usulda quriladi
/
Toshkentda ikkita yangi metro yo‘nalishi tezlashtirilgan usulda quriladi