Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $100 mlnga sotib oladi

Xorijiy moliya instituti xususiy bankni yangi brend ostida qayta rasmiylashtirishni 2026-yil oxirigacha yakunlashni rejalashtirmoqda

Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank’ning 51% aksiyasini $100 mlnga sotib oladi

Ozarbayjon ABB banki Davr Bank’ning 51% lik nazorat paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Trend nashri xabar berdi.

O‘zbekiston moliya institutini sotib olish bo‘yicha umumiy investitsiyalar hajmi $100 mlndan ortiq deb baholanmoqda. Hozirda tomonlar bitimni rasmiylashtirish uchun regulyatordan zarur ruxsatnomalarni kutmoqda. Barcha huquqiy jarayonlar joriy yil oxirigacha yakunlanishi, shundan so‘ng bank ABB Davr Bank nomi ostida faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Ozarbayjon tomoni bir necha yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlarini o‘rganib, tez rivojlanayotgan xususiy bankni xarid qilish variantlarini ko‘rib chiqqan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Davr Bank’ning asosiy ko‘rsatkichlari 30−45% oralig‘ida oshgan.

Hozirda bank 1,4 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi hamda 43 ta filialdan iborat tarmoqqa ega. Shuningdek, moliya muassasasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
/
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
IMAN Holding $20 mln zarar haqidagi ma’lumotni rad etdi
/
IMAN Holding $20 mln zarar haqidagi ma’lumotni rad etdi