“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxirigacha to‘xtatdi

Shuningdek, Dubay va Sharm al Shayxga parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxirigacha to‘xtatdi

“Uzbekistan Airways” Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yo‘nalishlarida qatnovchi reyslar bo‘yicha muhim axborot bilan chiqdi.

Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli “Uzbekistan Airways” 2025 yil 15 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm ash-SDubay va Sharm al Shayxga parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritdi.hayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi:

HY333/334 reyslari:

  • Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00;
  • Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30.

HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:20;
  • Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30.

HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:05;
  • Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti yopilishi bilan bog‘liq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi