O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi

PINFL asosiy hujjatga aylanadi, qog‘oz mehnat daftarchasi bekor qilinadi

O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati sezilarli darajada qisqartiriladi. Fuqarolar uchun asosiy hujjat sifatida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) yetarli bo‘ladi. Harbiy majburiyatga ega shaxslar esa qo‘shimcha ravishda harbiy guvohnoma yoki hisobda turgani haqida hujjat taqdim etadi.

Muhim yangiliklardan biri — ishga qabul qilishda elektron mehnat daftarchasidan qog‘oz ko‘chirma talab qilinmaydi. Shuningdek, Face-ID biometrik identifikatsiyasi yoki elektron raqamli imzo orqali tasdiqlangan hujjatlar rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Qonun loyihasida ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi aniq taqiqlar hamda jabrlangan xodimlarni himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya hisoblash tartibi ham aniqlashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi