O‘zbekistonning pasporti dunyodagi eng kuchlilar reytingida 123-o‘rindan joy oldi
Global Passport Index 2026 reytingida Markaziy Osiyoda Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni qayd etdi
O‘zbekiston kuchli pasportlar reytingida 123-o‘rinni egalladi. Global Citizen Solutions kompaniyasi Global Passport Index (GPI) 2026-yilgi reytingni e’lon qilindi.
Dunyodagi eng kuchli o‘nta pasportdan to‘qqiztasi Yevropa davlatlariga tegishli. Kuchli o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘lgan yagona boshqa mintaqa davlati 10-o‘rinni egallagan Singapurdir.
Henley Passport Index faqat pasport egalari vizasiz sayohat qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar sonini inobatga olsa, Global Passport Index davlatlarning sayohat qilish imkoniyati, investitsiyaviy jozibadorligi va hayot sifatini ham baholaydi.
Mintaqa mamlakatlari orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda (107-o‘rin), keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston (123-o‘rin), Qirg‘iziston (127-o‘rin), Tojikiston (140-o‘rin) va Turkmaniston (144-o‘rin) egallagan. Afg‘oniston esa 197-o‘rin bilan reytingni yakunlagan. O‘zbekiston alohida indekslar bo‘yicha mobillikda 129, investitsiyalarda 89 va hayot sifati bo‘yicha 119-o‘rinni qayd etgan.
Reytingda Shvetsiya yetakchilik qilmoqda: u mobillik indeksi bo‘yicha 11-o‘rin, investitsiyalar bo‘yicha to‘qqizinchi va hayot sifati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Ikkinchi o‘rinni Shveysariya qayd etgan, u mobillik bo‘yicha yettinchi, investitsiyalar bo‘yicha ikkinchi va hayot sifati bo‘yicha 36-o‘rinni egallaydi
Uchinchi o‘rin Finlyandiyaga tegishli bo‘lib, u mobillik bo‘yicha to‘rtinchi, investitsiyalar bo‘yicha 28-o‘rinda, ammo hayot sifati bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda.
Germaniya mobillik bo‘yicha 15-o‘rinda, investitsiyalar bo‘yicha 20-o‘rinda va hayot sifati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turgani sababli to‘rtinchi pog‘onani egallagan. Yetakchilar beshligini Niderlandiya va Daniya yakunlab bergan. Kuchli o‘ntalikka Irlandiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Singapur ham kirgan.
2026-yil aprelda e’lon qilgan ushbu indeksda O‘zbekiston 74-o‘ringa ko‘tarilgandi. Yil boshida O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 75-pog‘onada bo‘lgan. O‘shanda Qozog‘iston pasporti mintaqada yetakchi bo‘lib, 61-o‘rinni egallagan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ