O‘zbekiston Henley & Partners pasport reytingida 74-o‘ringa ko‘tarildi

Fuqarolar 59 ta davlatga vizasiz yoki kelganda ruxsatnoma bilan kirishi mumkin

O‘zbekiston Henley & Partners pasport reytingida 74-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Henley & Partners tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, mamlakat 101 davlat orasida 74-o‘rinni egalladi.

Yil boshida O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 75-o‘rinda edi. Hozirda mamlakat fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki borishda ruxsatnoma olib kirish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston ushbu reytingda Qirg‘iziston va Mozambik bilan bir xil pog‘onani egallagan.

Reytingning yuqori pog‘onasini Singapur egallab, uning fuqarolari 192 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega. Eng so‘nggi o‘rinda esa Afg‘oniston qayd etilgan bo‘lib, uning fuqarolari atigi 24 ta davlatga vizasiz safar qilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston eksportga nisbatan 3,5 baravar ko‘proq gaz import qildi
/
O’zbekiston eksportga nisbatan 3,5 baravar ko‘proq gaz import qildi
Birjada AI-92 benzini narxi tarixdagi eng yuqori darajaga chiqdi
/
Birjada AI-92 benzini narxi tarixdagi eng yuqori darajaga chiqdi
Valyutadagi obligatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi banklar tayinlandi
/
Valyutadagi obligatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi banklar tayinlandi