SSV: Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi

Vazirlik bu haqdagi tizim emas, 2025-yildagi buyruq bekor qilinishi haqida ma’lum qildi

SSV: Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi

“Elektron retsept” tizimi bekor qilinishi mazmunida xabarlar tarqalgach, Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirib, tizim bekor qilinmaganini bildirdi.

Bunday xabarlar tarqalishiga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “‘Elektron retsept’ tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi sabab bo‘lgandi. Vazirlik xabarida qayd etilishicha, mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrug‘ida “Elektron resept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. Ya’ni, birinchi bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi belgilangan.

Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda, deya aniqlik kiritdi SSV.

Alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bog‘liq jarayonlar bundan mustasno.

Vazirlikning yangi buyrug‘i loyihasida keltirilishicha, ushbu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilinishi natijasida huquqiy bo‘shliq tugatilib, elektron retsept asosida dori vositalarini tayinlash masalalari bo‘yicha yagona huquqni qo‘llash amaliyoti taʼminlanadi. Tibbiyot tashkilotlari, dorixonalar va fuqarolar o‘rtasida huquqiy normalarni turlicha sharhlash va talqin qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldi olinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston ketma-ket olti oy davomida oltin eksport qilmadi
/
O‘zbekiston ketma-ket olti oy davomida oltin eksport qilmadi
O‘zbekiston tashqi qarzi bir yilda $82,2 mlrddan oshdi
/
O‘zbekiston tashqi qarzi bir yilda $82,2 mlrddan oshdi
O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin
/
O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin