O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin

Tegishli hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bekor qilinishi mumkin

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tizimini joriy etish bo‘yicha reglamentni bekor qilish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida ma’lum qilindi.

E’lon qilingan loyihaga ko‘ra, vazirning 2025-yil 15-dekabrdagi elektron retsept tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini tasdiqlagan buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Mazkur tashabbus joriy yil 10-mayga qadar jamoatchilik muhokamasidan o‘tadi. Hujjat yakuniy qabul qilinsa, rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Avvalroq elektron retsept tizimi doirasida antibiotiklar, antibakterial va gormonal preparatlarni majburiy tarzda raqamli shaklda yozish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, dori vositalarini sotish bemorning JShShIRi asosida amalga oshirilishi, tizim esa davlat va xususiy klinikalar uchun integratsiya qilinishi ko‘zda tutilgan edi.

Qog‘oz retseptlardan faqat favqulodda holatlarda yoki texnik uzilishlar yuzaga kelganda foydalanishga ruxsat berilishi, surunkali kasalligi bor bemorlar uchun esa retsept amal qilish muddati 60–90 kungacha uzaytirilishi rejalashtirilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston tashqi qarzi bir yilda $82,2 mlrddan oshdi
/
O‘zbekiston tashqi qarzi bir yilda $82,2 mlrddan oshdi
3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
/
3-maydan Toshkent–Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi