Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi “Dovud ota” chegara postining yopilish muddati uzaytirildi

Qurilish ishlari davom etayotgani sababli chegara postidan joriy yilning 1-sentabrgacha foydalanilmaydi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi “Dovud ota” chegara postining yopilish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston vakolatli organlari bilan kelishilgan holda jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va yuk ko‘tarish quvvati 3,5 tonnagacha bo‘lgan avtotransport vositalari uchun “Tajen” nazorat-o‘tkazish punkti orqali harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Qozog‘iston Davlat bojxona qo‘mitasiga tayanib “Kazinform” xabar berdi.

Qaror o‘tkazish punktida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan.

Hozirda hududda keng ko‘lamli ishlar: metall konstruksiyalarni o‘rnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital ta’mirlash olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, may—avgust oylarida “Tajen” (Qozog‘iston) va “Dovut ota” (O‘zbekiston) punktlari o‘rtasidagi neytral polosada avtomobil yo‘li yotqiziladi. Xuddi shunday ishlar O‘zbekiston tomonidan ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari davom etayotgani munosabati bilan Qozog‘iston O‘zbekiston tomoniga rasman murojaat qilib, chegarani kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovni yana 4 oyga — 2025-yil 1-sentabrgacha uzaytirishni taklif qilgan. O‘zbekiston buni qo‘llab-quvvatlagan.

Fuqarolardan sayohat va yo‘nalishlarni rejalashtirishda ushbu ma’lumotlarni inobatga olishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

“Tajen”—“Dovut ota” o‘tkazish punktlari orqali yengil avtotransport, avtobuslar va 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk transportining kesishishi va o‘tishi 2025-yil 1-fevraldan 3 oy muddatga postni rekonstruksiya qilish davrida to‘xtatilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
/
O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi
/
2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi