Qozog‘iston Respublikasining “Dovud ota” chegara postida ayrim yuk avtomobillar harakati cheklandi

Xususan, to‘liq vazni 3,5 tonnadan kam bo‘lgan avtomobillar 1-fevraldan 3 oy davomida harakatlana olmaydi

Qozog‘iston Respublikasining “Dovud ota” chegara postida ayrim yuk avtomobillar harakati cheklandi

Qozog‘iston Respublikasining “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovud ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi

Mazkur cheklovlar chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Vazirlik bu davr mobaynida “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, “Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)”, “Oq oltin” va “Malik” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishni so‘ragan. 

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchi poyezdlari harakatlanadi. 

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston)  chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi
/
Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
/
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda