O‘zbekistonning davlat qarzi $46,9 mlrdga yetdi

Qarzning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbati 26,6% ni tashkil etmoqda

O‘zbekistonning davlat qarzi $46,9 mlrdga yetdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi $46,9 mlrdni tashkil etdi. Mazkur ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlarida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘ning asosiy qismi, ya’ni $39,7 mlrdi davlat tashqi qarzi hissasiga to‘g‘ri keladi. Ichki qarz hajmi esa $7,2 mlrddan iborat. Hozirgi kunda davlat qarzining mamlakat yalpi ichki mahsulotiga (YAIM) nisbati 26,6% ni tashkil etmoqda.

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik yo‘nalishida eng katta mablag‘ an’anaviy tarzda Jahon bankidan jalb qilingan. Tahlillarga ko‘ra, mazkur chorakning o‘zida mamlakatning umumiy davlat qarzi $100 mlndan ziyodga oshgan.

Eslatib o’tamiz, Markaziy bank yil boshida umumiy tashqi qarzi $82,2 mlrdga yetgani va uning $40,5 mlrdini davlat, $41,7 mlrdini banklar va korxonalar jalb qilgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yilgacha O‘zbekistonda yuk mashinalari importi uchun bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imini bekor qilinadi
/
2027-yilgacha O‘zbekistonda yuk mashinalari importi uchun bojxona bojlari va utilizatsiya yig‘imini bekor qilinadi
O‘zbekiston davlat budjeti yarim yillikni 1,8 trln so‘mlik profitsit bilan yakunladi
/
O‘zbekiston davlat budjeti yarim yillikni 1,8 trln so‘mlik profitsit bilan yakunladi
Apple Pay va Google Pay’ni O‘zbekistonda ishga tushirish uchun texnik ishlar olib borilmoqda
/
Apple Pay va Google Pay’ni O‘zbekistonda ishga tushirish uchun texnik ishlar olib borilmoqda