O‘zbekistonda 29 ta davlat kompaniyalari xalqaro bozorga chiqariladi

Shuningdek 2030-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy etiladi

O‘zbekistonda 29 ta davlat kompaniyalari xalqaro bozorga chiqariladi

UzAuto Motors, UMS (Mobiuz), Issiqlik elektr stansiyalari va yana 29 ta yirik davlat kompaniyalari xalqaro bozorga olib chiqiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ma’lum qildi.

Prezidentning 21-apreldagi farmoniga ko‘ra, vazirliklarda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) masalalariga mas’ul bo‘ladigan maxsus vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilmoqda. Yaqinda Iqtisodiyot va moliya vazirligida shunday lavozim paydo bo‘ldi.

Shuningdek, prezident farmoni bilan 2030-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy hokimliklarning bozorlar ustavida majburiy ishtirok etishi talabi bekor qilinmoqda.

9-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident xususiylashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishini aytgandi. Xususan, 15 ta yirik davlat kompaniyasi yevrobondlar chiqarib, IPOga chiqishi, shuningdek, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotilishi ko‘zda tutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
/
Jizzaxda 9,8 tonna oltinni noqonuniy qazib olgan fuqaro qamaldi
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
/
O‘zbekistonda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish xususiy agentliklarga topshiriladi
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan
/
Auksionlarda eng qimmat mobil raqam 317,2 mln so‘mga sotilgan