O‘zbekistonda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqaradi

Shuningdek, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotiladi

O‘zbekistonda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqaradi

Kecha, 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda o‘tgan yili ayrim mamlakatlardan investisiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan oyda Londonda “O‘zbekiston investorlari kuni” tashkil etilgani natijasida $2,77 mlrd jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Gonkong, Dubay, Shanxay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarda ham o‘tkazish topshirildi.

Xususiylashtirish bo‘yicha 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqarib, IPO‘ga qo‘yiladi, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotiladi.

“Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Investor keladi, deb o‘tirmasdan, elchilar uchrashuv tashkil etishi, vazirlar va hokimlar borib taqdimot qilishi kerak. Shunda natija bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Shu oyda Jizzaxda, iyun oyida esa Toshkent shahrida xalqaro investisiya forumlari o‘tkaziladi. Vazirlar va hokimlarga hozirdan puxta tayyorlanib, investorlarga taklif qilish uchun loyihalar portfelini shakllantirish topshirildi. Bunday forumlarni yil davomida barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Prezident selektorda, shuningdek, kapsulali uylarni tashkil etishga 10 mln so‘mgacha subsidiya berilishini aytgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
/
O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
/
MTZ O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq traktor va butlovchi qismlar yetkazadi
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
/
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi