O‘zbekistonda kapsulali uylarni tashkil etishga 10 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Shuningdek, 400 ta madaniy meros obyektlarid tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi

O‘zbekistonda kapsulali uylarni tashkil etishga 10 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Avvalroq xabar berilganidek, Prezident Mirziyoyev bugun, 9-aprel kuni turizm masalalari yuzasidan videoselektor o’tkazdi

Unda ta’kidlanishicha, kapsulali uylarni tashkil etish uchun tadbirkorlarga subsidiya beriladi.

Mavsum boshlanganiga bir oydan oshgani bilan kapsulali uylardan iborat maskan faqat Kitobda ochilgani qayd etilib, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimi “mudrab” o‘tirgani tanqid qilindi.

Endi kapsulali uylarni qurish va jihozlashga Turizm jamg‘armasidan 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Sayyohlar Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodan o‘tgan magistral va ichki yo‘llar ahvolidan noroziligi qayd etildi. Mutasaddilarga “turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha hisob-kitob qilib, ishlarni boshlash topshirildi.

Turizm qishloqlarini tashkil qilish bo‘yicha 3 yil oldin boshlangan ish yaxshi samara berayotgani aytildi. Lekin, Toshkent viloyatida Koreya tajribasi asosida turizm qishlog‘i qilish tashabbusi qog‘ozda qolib ketgani, Qashqadaryo va Jizzaxda atigi 1 tadan turizm qishlog‘i ochilgani ko‘rsatib o‘tildi. Navoiy va Sirdaryoda hunarmandchilik, Jizzax va Farg‘onada gastronomik turizm markazlari mavjud emas.

Shuningdek, Jizzax va Surxondaryoda turizm eksporti $65 mlnga, Sirdaryoda esa $30 mlnga yetmaydi. Birorta chegara punktida mamlakat turizm salohiyatini ko‘rsatadigan “turizm burchagi” tashkil etilmagani tanqid qilindi.

“Aholimiz o‘rtasida tog‘li hududlarga piyoda chiqish (treking) ommalashmoqda. Lekin, turfirmalar bunday sayyohlik marshrutiga ruxsat olishga 2−3 oy sarflayapti”, — dedi prezident.

Mutasaddilarga ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 10 kunda berishni joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, madaniy meros obyektlaridan 400 tasi tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi