O‘zbekistonda yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

Bunda mobil ilovalarda korporativ bank kartalar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda yuridik shaxslarga kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali onlayn to‘lashga ruxsat beriladi. Bu bo‘yicha 13-mart kuni Adliya vazirligi tomonidan Markaziy bank boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2021-yilning aprel oyida regulyator boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risida nizomiga qo‘shimcha kiritildi.

Endilikda yuridik shaxslar mobil ilovalar orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilangandi. Bunda byudjet buyurtmachisining har bir tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha emitent bankda alohida bank tranzit hisobvarag‘i ochiladi.

Shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga korporativ shartnomalar tuzish huquqi berish taklif qilindi.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi