O‘zbekistonda davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid kartasiga ish haqi va boshqa to‘lovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

24-fevral kuni hukumat qarori bilan “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, davlat buyurtmachisi xarid kartasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini amalga oshirish maqsadida xarid kartasi hisobvarag‘ini ochish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda emitent bankka murojaat qiladi.

Bunda byudjet buyurtmachisining har bir tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha emitent bankda alohida bank tranzit hisobvarag‘i ochiladi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan xarid kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlar o‘tkazilishiga, shuningdek, xarid kartasi yordamida naqd pul berilishi va chet el valyutasi sotib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun xarid kartasidan foydalanish taqiqlanadi.

Xarid kartasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan hisobdor shaxslar ro‘yxati davlat buyurtmachisi rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan belgilanadi. Hisobdor shaxslar mazkur davlat buyurtmachilarining xodimlari bo‘lishi shart.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi